Yordam

Savollar va javoblar.

Boshlash, ovoz va subtitr, AI, hisob va eksport haqida. Javob topilmasa — sahifa oxirida.

Boshlash

Birinchi videoni qanday yarataman?

Ro‘yxatdan o‘ting, “Video yaratish” sahifasida videoni yuklang va “Video yaratish ▶” ni bosing. Hech narsa yozish shart emas: format va uslub videoning o‘zidan tanlanadi. Tayyor bo‘lgach sahifaning o‘zida ko‘rasiz va MP4 ni yuklab olasiz.

Montajni bilmasam ham bo‘ladimi?

Ha. Usta faqat material, maqsad va kayfiyatni so‘raydi. Kadr tanlash, kesish, matn, harakat, o‘tishlar va ovozni o‘zi qiladi. Xohlasangiz keyin editorda qo‘lda tahrirlaysiz.

Qanday fayllarni yuklash mumkin?

Video: MP4, MOV, WebM, MKV, AVI, 3GP (500 MB gacha, 0.3 soniyadan 30 daqiqagacha). Rasm: JPG, PNG, WebP. Har bir fayl yuklanganda FFprobe bilan tekshiriladi — buzuq yoki video bo‘lmagan fayl darhol rad etiladi.

Ovoz va subtitr

Videomning asl ovozi saqlanadimi?

Ha, “Avtomatik” rejimda nutq yoki ovozi bor video o‘z ovozi bilan chiqadi. Ovozsiz videoga AI diktor yoki fon musiqasi qo‘shiladi. “Ovozsiz” ni tanlasangiz, tayyor faylda umuman ovoz bo‘lmaydi.

Subtitrni qanday o‘chiraman?

“Istak” qadamida “Nutqni subtitr qilish” belgisini olib tashlang yoki ssenariyga “subtitr kerak emas” deb yozing. Editorda subtitrlarni alohida tahrirlash ham mumkin.

Subtitr noto‘g‘ri yozilgan bo‘lsa?

Nutq kompyuterning o‘zida o‘qiladi; shovqinli yozuv yoki kam tarqalgan tilda xato bo‘lishi mumkin. Editorda har bir subtitr matnini qo‘lda tuzatasiz.

AI

Ssenariyni kim yozadi?

Video avval o‘lchanadi: sahna almashinuvi, jim va qora qismlar, ovoz, gapirilgan so‘zlar. Gemini ulangan bo‘lsa, u bir nechta kadrni ham ko‘rib ssenariy yozadi. Gemini javob bermasa yoki limiti tugasa, studiya ichidagi qoidalar dvigateli ssenariyni o‘zi tuzadi va sababini aytadi — video baribir tayyor bo‘ladi.

AI bilan rasm yoki noldan video yaratsa bo‘ladimi?

Kod tayyor, lekin Google bu modellarni bepul tarifda bermaydi. Gemini billing yoqilmaguncha studiya “billing yoqilmagan” deb aytadi va hech qanday soxta natija ko‘rsatmaydi.

Boshqa videoning havolasini bersam, uslubini oladimi?

Yo‘q. Studiya havolalardan video yuklab olmaydi. Namunani o‘zingiz fayl qilib yuklashingiz mumkin — u material sifatida ishlatiladi.

Hisob va eksport

Bepulmi?

Ha. Hozircha eksport cheksiz va bepul — xohlagancha video yaratishingiz mumkin. Pullik tariflar keyinroq qo‘shiladi; bu haqda oldindan aytiladi.

Parolni unutdim.

Kirish sahifasida “Parolni unutdingizmi?” ni bosing — emailingizga 30 daqiqa amal qiladigan bir martalik havola yuboriladi.

Render xato bilan tugadi.

Xabar sababni aytadi (masalan, fayl o‘qilmadi). Videoni qayta yuklab yana urinib ko‘ring.

Sahifani yangilasam ish yo‘qoladimi?

Yo‘q. Loyiha manzili sahifa havolasida saqlanadi: yuklangan fayllar, ketayotgan render va tayyor video qayta ochilganda ko‘rinadi. Barcha loyihalar “Loyihalar” bo‘limida.

Javob topilmadimi?

Studiya administratoriga murojaat qiling. Hisob va bloklash masalalarini administrator hal qiladi.

Video yaratish